O‘zbekiston prezidenti Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungbo bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda 2026−2030-yillarga mo‘ljallangan yangi mamlakat dasturini ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib olindi.
O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti Ma’muriy kengashi a’zosi o‘rinbosari bo‘ldi. Tanzila Narbayeva buni o‘zgarishlar natijasi deb atadi va qaror davlat organlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchilarning munosib mehnat tamoyillarini targ‘ib qilish borasidagi harakatlarini kuchaytirishni talab qilishini aytdi.
Xalqaro mehnat tashkiloti tadqiqoti ko‘pchilik ish o‘rinlari faqatgina qisman avtomatlashtirilishi hamda ChatGPT kabi generativ sun’iy intellekt ish o‘rinlarini egallamasligi, balki ularni to‘ldirishini ko‘rsatdi. Kanselyariya ishlari ko‘proq xavf ostida.
XMT, YUNISEF va Jahon banki O‘zbekistonda Ijtimoiy himoya agentligi tashkil etilganini olqishladi. Bayonotda bu ijtimoiy himoyadagi tarqoqlik va kamchiliklarni bartaraf etishiga ishonch bildirilgan. Mutaxassislar va xalqaro tashkilotlar ko‘p yillardan buyon shunday agentlikni tashkil etishni talab qilib kelayotgandi.
Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekiston 2021 yilgi paxta yetishtirish hamda yig‘im-terim mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berganini ma’lum qildi. Xususan, 2021 yilda terimchilarning 99 foizi ixtiyoriy, taxminan bir foizi esa bevosita yoki bilvosita majburlash orqali ushbu jarayonga jalb etilganini ma’lum qilgan. Terimchilarning uchdan ikki qismini xotin-qizlar tashkil etadi.
Xalqaro mehnat tashkilotining 2020 yilgi «Uchinchi tomon monitoringi» natijalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda o‘tgan yili tizimli majburiy va bolalar mehnati qayd etilmagani ma’lum qilindi. Bundan tashqari, hisobot davomida 46 ta majburiy mehnat holati aniqlangani, 42 nafar mansabdor javobgarlikka tortilgani aytildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting